Узбекское секс порно
Узбекское порно
Порно Плюс
Узбекское порно видео на UZPORNO.RU
Фото голых женщин

Raqqosa 2 Bob. 1-qism

Nihoyat ikki raqqosa yolg'iz qolishdi. Manzuraning ham g'amlari, g'uborlari arigandek yengil torta boshlagandi. Lekin yangi muammo paydo bo'ldi. Durdona Murod ketgach, besh daqiqa o'tar-o'tmas, tusini o'zgartirdi. Manzuraga xuddi yovga qaragandek qaray boshladi. Chamasi o'n daqiqacha miq etmay, yer ostidan Manzuraning turish-turmushini nazardan o'tkazdi. Ora-sirada lab burib olishni ham unutmadi. Manzura ham bu qizning holatini allaqachon payqagandi. O'ziga bildirmay, boshidan oyog'igacha nazar tashlardi. Durdonaning qarshisida sira past ketishni xohlamasdi. «Bo'yanishniyam uddalay olmaskan, — o'ylardi u atayin sumkachasidan ko'zgu olib uyoq-buyog'ini tartibga keltirgan bo'lib. — Yopishtirib olgan kiprigini qaranglar! Qing'ir-qiyshiq. Shunaqayam farosatsiz bo'ladimi qiz degan? Shu turishiga osmondan kelishi-chi?!. O'zicha xalq artisti-da bular! O'rtaga chiqsa, qo'lini eplab qimirlatishniyam qoyillatishmaydi. E, xudo olsin senlarni, yallachilar!. Bunikida uzoq qolib ketishimga sira ko'zim yetmayapti. Ishqilib, tezroq ketay-da! Shu tasqaraminan bir hafta birga yashasam, jinni bo'p qolsam kerak…» — Shunday qilib yallachilikni o'rganyapman deng? — so'radi nihoyatDurdona ensasini qotirib. — Ustozingiz kim? — Murod aka, — dedi ataylabdan Manzura suhbatdoshining jig'iga tekkisi kelib. — Nimaydi? — Murod aka baletmeystrmas-ku! — Buning nima ahamiyati bor. Murod aka juda iste'dolli odam. Hamma ish qo'lidan keladi. — Nechta to'yga borgansiz sir bo'lmasa? — Bitta. — Nima?.. — Durdona kutilmaganda kulib yubordi. — Bitta? Yo'g'-e! — Ha, endi bitta to'yga bordim. Ammo niyatim to'yma-to'y yallachilik qilib yurishmas. Konservatoriyaga kirvolsam, bas, tashlayman bu ishlarni. — Xo'p, bittagina to'yga borgan bo'lsangiz, biror nimani qoyillata oldingizmi ishqilib? Murod akaning sizga boshqacha tikilishiga qaraganda, qoyillatganingiz aniqqa o'xshab qoldi. — Nimani nazarda tutyapsiz? — yanada jiddiylashdi Manzura. — Bilsak bo'ladimi? — Murod akani xursand qilishga ulgurdingizmi-yo'qmi, shuni bilmoqchiydim. — Ha, ancha pul ishlab berdim. Xursand bo'ldilar. — O'zingizni go'llikka solmang, — dedi Durdona. — Men-chi, o'n yildan beri to'yma-to'y yuraman. Murodga o'xshaganlarning yuztasini ko'rvorganman. Ularning birinchi niyati pulmas, yallachining quchog'i. Men shuni so'radim. — Ha-a, shunaqami? — sovuq kulimsiradi Manzura. — Yotish-turishni nazarda tutdim deng? Yo'q, men hali qiz bolaman e'tiboringiz uchun. Keyin ba'zi yallachilarga o'xshab duch kelganning qo'yniga kirib ketaveradigan odatim ham yo'q. — Ja katta ketavermang, aylanay. Hali endi bitta to'yga boribsiz. Oldinda qancha ko'rgiliklar kutib turibdi ekan. Qo'yniga kirmay qaergayam borardingiz. «Qism»dagi ulushingizni kamaytirib, keyin shart qo'ysa, shunaqa ilonday sirg'alib qo'yniga kirasizki, o'zingizam bilmay qolasiz. — O'chir chakagingni, — Manzura bu haqoratga toqat qila olmadi. Daf'atan o'rnidan turib ketdi. — Meni kim deb o'ylayapsan? O'zingga o'xshatyapsanmi? Eplab kiprik yopishtirolmas ekansan-u, o'rgatishingga o'laymi?!. Durdona ham battar ensasi qotib shoshilmasdan o'rnidan turdi. — Sen menikida qolmaysan, — dedi u lab tishlab. — To'rt tomoning qibla. Sendaqa oliftachalarni ko'rishga ko'zim yo'q. Keyin aytib qo'yay, ertaga bazmda xonadagi «fayz»ni olishga men kiraman. Tag'in burningni tiqib yurmagin! Xafa qilaman! — Kirib o'lgin, bildingmi? — shivirladi Manzura. — «Fayz» tugul, o'sha qorni qappayganlarning boshqa narsasiniyam olib o'l!.. Manzura qo'liga buyumlar solingan xaltani oldi-da, tashqariga yo'l oldi. Ko'chaga chiqqandan keyin ketishga shoshilmadi. Qo'liga telefonini olib Murodga qo'ng'iroq qila boshladi. Go'shakni olgach, ko'p gapirib o'tirmadi. — Men Durdonangiznikidan ketdim, — dedi u. — Agar rostdanam to'yga olib ketishni xohlasangiz, o'zimning uyimga borarsiz. Men o'z uyimda bo'laman!.. * * * Xalqda raqqosalar haqida gap ketdimi, yoshu-qari darhol tusini o'zgartirib, ularga past nazar bilan qarashini oshkor qilib qo'yadi. Qiz-juvonlarning birinchi ishi esa qarg'ashdan iborat bo'ladi. Ular yallachilarni hech qachon oqlab gapirishmaydi. «Bu o'ziga to'g'ri, juda odobli, nafs domiga tushmagan, xudoga shirk keltirmaydi, xudoyo'lida yuradi», deyilgan taqdirda ham baribir ishonishmaydi. Raqqosami, yallachimi, tamom, demak, u ko'zlari o'ynab, olmami-anormi terib turadigan, erkakning qo'lida dasta pul ko'rsa, ko'z suzishdan bo'shamay qoladigan bir kimsa deb tushunishadi. Ular haq. Shaharda kunu-tun burchak-burchakda turib olgancha to'yga olib ketadigan otarchilarni kutuvchi o'sha yallachilar aslida raqqosalikning yaqiniga ham borib ko'rishmagan, ustoz qo'lida tarbiya topishmagan, onadan raqqosa bo'lib ham tug'ilishmagan. Ularni pul qiziqtiradi. Agar talab qilsa, puli bor erkakning oyog'ini o'pishadi, kerak bo'lsa, o'zlarini har ko'yga solishadi. O'sha ko'zni qamashtirayotgan, yurakdan halovatni qizg'onayotgan pullar changaliga tushsa bas. Afsuski, Manzura shularni bila turib raqqosalik ko'chasini tanladi. Bu ko'chaning botqoqliklari borligi, har qadamda yuz-u ko'ziga loy chaplana borishini xayoliga ham keltirib ko'rmadi. Mana, o'sha ko'cha boshidayoq tahqirning ilk balosiga to'qnash keldi. Bu balo ko'ksini kemirib, mushtdek yuragini tilka-tilka qilmoqchi. Qo'yib berishsa, baloga chap berishni, shu ko'chadan chiqishni, uzoq-uzoqlarga bosh olib ketishni ixtiyor etmoqda. Nadomatlar bo'lsinki, bu ko'chadan chiqish juda og'ir. Chiqib ketishning sira imkoni yo'q. Har tarafi to'siqlardan iborat. Chiqqan taqdirda ham yuz-ko'zlariga chaplanib ulgurgan botqoq loyini hech bir suv bilan yuvib tozalay olmaydi. Umri ham yetmaydi tozalashga… * * * Manzura yo'lovchi mashinada mahalla ko'cha boshisigacha yetib, shoshilmasdan, ezgin qiyofada uyi tomon ketib borardi-yu, shularni xayolidan qayta-qayta o'tkazar, o'tkazaverardi. Yallachilik ko'chasidan eson-omon chiqib olishni xohlardi. Jon deb birovlarning mollari tagini tozalash, idish-tovoqlarini, hatto it yalog'ini yuvib artishi muqarrarligini qalban his etardi. Ammo qalbi qaysarligini qo'ymasdi. Hadeganda hali chimildiq neligini bilmagan, shu yoshida bir olam issiq-sovuqni ko'rib ulgurgan qizni koyib tashlar, uni bo'shanglikda, qo'rqoqlikda, irodasizlikda ayblardi. «Sen hali yo'l boshidasan, — derdi qalbi unsiz ingranib. — Oldinda seni yana qancha-qancha Durdonalar kutib turganini xudo biladi. Agar bugungi gap-so'zlarni tahqirga yo'ysang, haqiqiy tahqirni ko'tara olmas ekansan-da! Bozorgul seni ne ko'ylarga solmagan. Tomorqadan u aytgan semiz o'tmas, ajriq terib kelganingda xivchin olib savalaganlari esingdami? Sen bir yili kuz bo'yi yuz kilolab paxta terib ishlab topgan pullaringni qo'liga tutqazganingda bozorga yo'rg'alab sog'in sigir sotib olgandi. Separator ham olgandi. Sen mung'aygancha, bo'zraygancha o'tirgansan. U kosa-kosa qaymoqlarni separatordan chiqarib rosa ko'zingni kuydirgan. Sen tamshanib-tamshanib olishdan nariga o'ta olmagansan. Bir tomchisini ham bermagan. O'sha kunlarga chidading, sabr qilding. Arzimagan aybing uchun yo'g'ondan-yo'g'on xodalar bilan kaltaklardi. Birovga churq etmading, arz qilishni xayolingga ham keltirmading. Tag'in uni yaxshi ko'rding, hurmatlayverding, aytgan yo'rig'iga tushaverding. Bugunesa arzimagan gap uchun ich-etingni yemoqdasan. Nega? Buning o'rniga ertaga o'sha to'yga borib Durdonaga raqs tushish qanaqa bo'lishini ko'rsatib qo'ysang bo'lmaydimi? Nahotki, shunchalar qo'rqoq bo'lsang? Iroda kuching qaerga g'oyib bo'ldi?..» — Ha, sen haqsan, — dedi ovoz chiqarib Manzura hovlisi darvozasini ochib ichkariga odimlarkan. — Men endi ilgarigi Manzura emasman. U Manzura o'lgan. Hozirgisi esa sen tayinlagandek yo'l tutadi. Hech kimga bo'yin egmaydi. Hech kimdan kam bo'lmaydi. Men ortga chekinmayman! Kimda kim menga yomonlik qilsa, adolatsizlikka yo'l qo'ysa, ayovsiz o'ch olaman. Raqqosa bo'laman dedimmi, tamom, shu ko'chaning loylari, botqoqlariga botib ketsam-da, faqat oldinga yuraman. Kurashaman, kurashaveraman!.. * * * «Telbaning ishini xudo o'nglabdi» deb bekorga aytishmagan ekan. Ertasi kuni Murod Manzurani o'z uyidan o'sha bazmga olib ketdi. Mashinada Durdona ham o'tirgan ekan. Manzura hech narsa bo'lmagandek u bilan samimiy so'rashdi, hol-ahvol so'radi. Lekin Durdona g'azabnok edi. Har soniyada Manzurani kamsitishga urinar, qandaydir achchiq-achchiq gaplar gapirib chaqib olishga intilardi. Manzura esa parvoyiga keltirmasdi. Murodga turli qiziqarli savollar berar, javobi kulgili chiqsa qotib-qotib, miriqib kulardi. Murod ham hayron edi. Manzuraning bu qadar «ochilishi», quvnoq qizga aylanib qolishini ko'rib hayratga tushardi. Ammo qalbining bir chetida rahmi kelardi, achinardi, shunday iste'dod egasi xo'rliklar changalidan qutula olmayotgani unga ham alam qilardi… Nihoyat to'y, otarchilar ta'biri bilan aytganda, bazm ham boshlandi. Stol tuzalishi, to'ydagi mehmonlar, baqir-chaqir xuddi o'tgan safargisini eslatardi. Faqat bu to'ydagi mehmon erkaklar ilgarigidagiga nisbatan ancha sipodek, xotirjamdek tuyildi. Manzura otarchilar uchun ajratilgan so'rining bir chetiga cho'kib Murod yetaklab kelgan Xursandbek hofizni zimdan kuzatdi. Bu yigit deyarli o'zi tengiga o'xshardi. Juda orasta kiyingan, doimo tabassum qilishdan, jilmayishdan tiyila olmas ekan. Durdona o'zini ko'rsatgisi keldimi, kela solib Xursandbek hofizning yonidan joy oldi. Yuzlarga fotiha tortilgani hamono nimalarnidir gapirib hofizni kulishga majbur eta boshladi. Xursandbek ham tortinib o'tirmasdi. Durdonaning har bir gapiga kulgi bilan javob qaytarishga urinardi. Yallachi ora-sirada tizzasiga shapatilasa yoki yuzidan asta chimdib qo'ysa, battar «xoxo»lardi. Durdona esa har bir harakatidan so'ng Manzura tarafga ko'z tashlab olishni kanda qilmasdi. Har qaraganda, «Ko'rdingmi, ovsar, haqiqiy raqqosa xuddi men kabi abjir, kirishimli, gapga chechan, beti ochiq bo'lishi kerak» demoqchidek bilinar-bilinmas lab burib qo'yardi… * * * Manzura Xursandbekning yana bir xislatiga qoyil qoldi. U torni juda yaxshi chalarkan. Hatto, ilk qo'shig'ini boshlagandayoq og'zi lang ochildi. Tor uning qo'lida xuddi bulbuldek sayrardi. Qochirimlarni, nolalarni ikki tarafga o'rnatilgan katakon kolonkalar orqali yuraklarning tub-tubigacha yetkaza olayotgandi. Bunga hofizningmahzun, baritonga yaqin yoqimli ovozi jo'r bo'lgach, yanada fayz kirdi. Manzura Xursandbek hofiz to qo'shiqni tugatguncha hayratlanishdan tiyila olmadi. Biroq oldinda o'zini nimalar kutayotganini tasavvur ham etmasdi. Durdonaning o'ziga yarashmagan qiliqlar ko'rsatib o'rtaga chiqishi ilk alamini qo'zg'adi. Ha, u o'zi sezmagan holda yallachi hamrohiga hasad qila boshlagandi. Negadir uning tutriqsiz raqslari jahlini qo'zg'ay boshlagandi. Raqs san'atiga butkul yot bo'lgan harakatlari jig'iga tegib, hayrati ham so'ndi, bir necha marta beixtiyor o'rnidan turib ham ketdi. Bu holatini Murod allaqachon payqagan, shu bazmda kutilmagan raqobat paydo bo'lishini, bu esa o'rtaga kutilganidan-da mo'mayroq pul yog'ilishi uchun sabab bo'lishi muqarrarligini his etib turardi. Ba'zan goh Durdonaga, goh Manzuraga yer ostidan boqib kulib qo'yardi. Va o'sha kutilgan lahzalar yaqinlashdi. O'rtakash Manzura raqs ijro etishini e'lon qildi. Xursandbek «Lazgi»ni boshlab qoldi. Manzura o'rtaga chiqdi-da, xuddi yangi kelinlar kabi mehmonlarga obdon salom qildi. Bu usulni tunda o'ylab topgandi. Chiqishini shu bilan boshlasa, barchaning e'tiborini tortishiga ishongandi. Adashmabdi. Shirakayf erkaklar hali raqs boshlamasidanoq qichqirib uni olqishlay ketishdi. Nuroniy onaxonlar esa Manzuraning bu qadar chiroyli salomini ko'rib astoydil duo qilishdi. * * * Manzura bu qadimiy qo'shiqning har bir ohangiga yo'l-yo'lakay alohida qochirimlar o'ylab topardi. Bilardi, Durdona aytganidek erkaklarning qo'lidagi pullarni beo'xshov muqom emas, ana shunday qochirimlar yordamida ham tortib olsa bo'ladi. Ashula yarmiga yetmay, hofizga buyurtma beradiganlar ko'payib qoldi. Barchalari o'zlari suygan qo'shiqqa Manzura raqs tushishini xohlashardi. Durdona ham bu manzarani otarchilar so'risida o'tirgan ko'yi hissiz kuzatardi. Yo'q, buni hissiz ham deb bo'lmaydi. Negaki, u raqibasining har bir harakatidan so'ng beixtiyor qimirlab ketar, lablari burilib-burilib qo'yardi. Shu tobda o'rtaga o'tgan safardagidek bir erkak chiqib keldi. Bu shahardagidan farqli o'laroq kalbosh emasdi. Qiyofasida ham urishqoqlik, zo'ravonlik, kalondimog'lik belgilari sezilmasdi. Aksincha tabassumga moyil, xushchaqchaq odam ekani ko'rinib turardi. Erkak kulimsiragancha kelib Murodga yuzlandi. — Uka, — dedi u ovozini hiyla pasaytirib. — Bir iltimos chiqib qoldi. Nima deysiz? — Biz xizmatda, aka, — dedi Murod ham suhbatdoshiga javoban jilmayib. — Nima qilishimiz kerak? — Mana shu o'rtada raqs tushayotgan qizingiz bizga juda ma'qul kep qoldi-da! Agar malol kelmasa, bazm tugagandan keyin bizgayam alohida raqs qilib bersalar! Xarajatiga gap yo'q! — Xo'p bo'ladi, — dedi Murod sezdirmaygina Durdona tomon ko'z tashlab olarkan. — Bir og'iz gapingiz-da, aka! Ammo… — Tushundim, — Murodning so'zini kesdi erkak. — Ishoning, biz intellegensiya vakillarimiz. Ortiqcha harakatlar, gap-so'zlarga yo'l qo'yilmaydi. San'atidan bahra olsak bas. — Tushundim, — dedi Murod. — Bazm tugashi bilan qayga yurishni shipshitsangiz bas,qizimiz kiradi hofiz bilan birga. — Yo'q, hofiz shart emas. Magnitofonga biz suyib eshitadigan qo'shiqlar yozib qo'yilgan. O'sha qo'shiqlarga raqqosa qiz o'ynab bersalar bo'ldi. — Ikkala raqqosayam kirishsinmi, yo… — Faqat o'rtadagisi. — Bo'pti… Oradan taxminan bir soatcha vaqt o'tgach, bazm yakun topdi. Bu gal ham Murodning ko'ngli to'ldi. Manzura hovuch-hovuch pul ishlab berdi. Pullar doyra g'ilofidan tortib, tor g'ilofigacha to'lib, sig'maganini alohida qora sumkaga ham joylashdi Qolaversa, Manzura erkak aytgan xonaga kirib chiqsa, yana pul tushadi… Manzurani Husan usilitelchi erkak aytgan uygacha kuzatib qo'yadigan bo'ldi. Qolganlar kutib turishiga kelishishdi. Xona esa besh-oltita uy narida ekan. U yerga katta ko'cha bo'ylab boriladi. Husan Manzurani tayin etilgan darvoza tomon boshladi. Atrof zim-ziyo, bu ko'chada mashinalar qatnovi ham haminqadar edi. Bazm bo'lib o'tgan uy atrofiga qo'yilgan mashinalargina ahyon-ahyonda qimirlab qolardi. Shu payt old tarafdan bir mashina o'qdek uchib kelib, Manzura va Husanning to'g'risida to'xtadi. Orqa va old eshiklar ochildi-da, kimdir Husanni tepib yubordi. Boshqa birov Manzuraga yopishdi. Ko'z ochib yumguncha Husan hushini yo'qotib asfaltga dumaladi. Manzurani bo'lsa, o'sha mashinaning orqa o'rindig'iga kuch bilan o'tqazishdi. Mashina go'yo kinolardagi kabi o'rnidan qo'zg'alib, oldinga talpinganda ballonlari chiyillab-chiyillab ketdi. Manzura baqira olmasdi. Og'zini skotchlab tashlashgandi. Shunda ham bu mashinada necha kishi borligini taxminlay oldi. Haydovchini qo'shmasa, mashina salonida uch barvasta erkak o'tirgan edi. Davomi bor...
Kutubxona
Olamsex.su Узбекское порно 2020
Uzvideos.ru УзбексКИЙ СЕКС
Sexuzbeks.ru - Только УзбексКИЙ СЕКС